Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchi tumanining yarmida tashkil etiladigan Ko‘kdala tumaniga qaysi mahallalar kirishi ma'lum qilindi
Chiroqchi tuman hokimi Xurram Jo‘rayevning tuman hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘inini yangi tashkil etilayotgan tumanga o‘tkazish haqidagi qarori imzolangan.
Tuman hokimining 18 noyabr kuni imzolagan “Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazish haqida”gi qaroriga ko‘ra, Chiroqchi tumanining 32 ta mahallasi, jumladan:
“Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Ko‘kdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy”, “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soybo‘yi”, “Taloqtepa”, “Toshli”, “Umakay”, “O‘tamayli”, “Xarduri”, “Xo‘jaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Sho‘rbozor”, “Sho‘rquduq”, “Eski anhor”, “Torjilg‘a”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “G‘allakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “To‘qmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga kiritiladi.
Ma'lumot uchun, Chiroqchi tumanini ikkiga bo‘lish va uning hududida yangi tuman tashkil etish taklifi ilk bor Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgandi.
Mavzuga oid
18:52 / 02.08.2024
Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi
17:12 / 02.08.2024
Chiroqchi tumani hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi
08:18 / 31.12.2023
Qashqadaryoda svetoforda to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi
19:23 / 13.12.2023