Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tez yordam haydovchisi kaltaklandi
Tez yordam avtomashinasini chaqiriqdan ortiga qaytarish uchun boshqa haydovchi chaqirtirishga to‘g‘ri kelgan.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tez yordam haydovchisi kaltaklandi. Bu haqda viloyat SSB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, Chiroqchi tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga shu yilning 12 dekabr kuni soat 17:10 da Qahramon mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Xo‘jaqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan ayol tomonidan qon bosimining ko‘tarilishi shikoyati bilan chaqiriq berilgan. 8 kilometrlik masofaga tez tibbiy yordam brigadasi soat 17:24 da yetib borgan.
Xonadonda bemorning o‘g‘li ekani taxmin qilinayotgan shaxs tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi bilan janjallashib, uning yuz qismiga jarohat yetkazgani aytilmoqda. Shunday vaziyatda ham tibbiy brigada a’zosi bo‘lgan hamshira o‘z burchini bajarib, avval bemorga, so‘ng haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatgan. Avtomashinani chaqiriqdan ortiga qaytarish uchun boshqa haydovchi chaqirtirishga to‘g‘ri kelgan.
Holat yuzasidan ichki ishlar idoralariga xabar berilgan. Ayni paytda vaziyat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazoratiga olingan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024