Jahon | 09:50 / 22.11.2021
9318
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda semiz bolalar ulushi ortmoqda

Pandemiya davrida ortiqcha vaznli bolalar ulushi ortdi, deya xabar bermoqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati va AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi.

Foto: webazinee.com

Ortiqcha vaznli bolalar sonining ortishiga kamharakatlik va sifatsiz ovqatlanish ta'sir ko‘rsatdi.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, agar 2019-2020 yillarda mamlakatda ortiqcha vazn 10 foiz bolada bo‘lsa, 2020 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich 14 foizni tashkil etdi. Daromadi past oilalarda esa u ikki marta ortgan.

AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazida ham shunga o‘xshash natijalar bor.

435 ming nafar bola ma'lumotlari tahlili natijasida bolalarda tana massasi indeksi deyarli ikki marta o‘sgani aniqlandi. Ortiqcha vaznli bolalar ulushi pandemiya davrida 19 foizdan 22 foizga o‘sdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, lokdaun ortiqcha vaznli bolalar soni o‘sishi sabablaridan biri. Lokdaun davrida bolalarga harakat yetishmaydi, ular vaqtini kompyuter, televizor qarshisida yoki aypad o‘ynash bilan o‘tkazadi hamda ko‘proq yegulik yeydi.

Mavzuga oid