Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada Amazon va Apple 200 mln yevro jarimaga tortildi
Kompaniyalar 2018 yilda boshqa rasmiy va norasmiy riteylerlarga Amazon.com saytida Apple va Beats mahsulotlarini sotishiga to‘sqinlik qilishga kelishib olgan.
Italiya antimonopoliya sudi Amazon va Apple Inc kompaniyalarini raqobatga qarshi hamkorlik qilgani uchun 200 million yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha,kompaniyalar 2018 yilda boshqa rasmiy va norasmiy riteylerlarga Amazon.com saytida Apple va Beats mahsulotlarini sotishiga to‘sqinlik qilishga kelishib olgan.
Bu raqobat me'yorlarining buzilishi hisoblanadi, deyiladi sud bayonotida.
Natijada Amazon kompaniyasiga 68,7 mln, Apple kompaniyasiga 134,5 mln yevro jarima solindi. Ular shuningdek, kelishuvdan voz kechishi kerak.
Iyul oyida Amazon kompaniyasi Yevropada 887 mln yevro jarimaga tortilgandi. Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashda qoida buzgan deb topilgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
15:50 / 19.05.2025