Jamiyat | 17:21 / 24.11.2021
3116
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shirkat rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shirkat rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda, “I” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari O.A. ko‘p qavatli uy-joylarda joriy ta'mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan 2,9 milliard so‘m kredit mablag‘ining 525,2 million so‘mini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanmasdan bank filialiga soxta hujjatlarni taqdim etish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryoda yer olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan qashqadaryolik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda hokimlik zaxirasidagi 10 sotix yerni 3300 dollarga sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid