Jahon | 15:09 / 25.11.2021
1996
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 100 mingdan oshdi

Pandemiya boshlanganidan buyon Germaniyada 5 mln 573 mingdan ortiq inson kasallik yuqtirgan.

Foto: Markus Schreiber / AP

Germaniyada pandemiya davrida 100 ming 119 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi, deb xabar berdi Robert Koh nomidagi institut.

Mamlakatda o‘tgan sutkada 73,9 ming kishida infeksiya aniqlangan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Germaniyada 5 mln 573 mingdan ortiq inson kasallik yuqtirgan.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 259 milliondan oshgan, 5 mln 174 mingdan ziyod bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid