Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasidagi 2ta nazorat-o‘tkazish punkti uch kunga yopiladi
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi «Qizil-Qiya-Avtodorojniy» va «O‘zbekiston-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktlari avtotransport vositalari harakati uchun uch kunga yopiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati xabar berdi.
«1 dekabrdan 3 dekabrgacha bo‘lgan davrda «Qizil-Qiya-Avtodorojniy» (Qirg‘iziston) va «O‘zbekiston-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi. Bu yo‘l holatini yangilash va asfalt yotqizish tufayli yuz beradi», deyiladi Qirg‘iziston bojxona xizmati ma'lumotida.
Ko‘rsatilgan davrda Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi tovarlar va transport vositalarining olib o‘tilishi «Do‘stuk-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti orqali amalga oshiriladi.
4 dekabrdan «Qizil-Qiya-avtodorojniy» va «O‘zbekiston-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlay boshlaydi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025