O‘zbekiston | 11:35 / 25.11.2021
2407
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda davlat raqamini olib tashlab qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Malibu haydovchisiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqamini olib tashlangan Malibu mashinasi Samarqand shahri ko‘chalarida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rilgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan qoidabuzar haydovchi topilgan va shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Qoidalarni qo‘pol tarzda buzib harakatlangan haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125- hamda 128⁵-moddasi tartibida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Urgutda maktab oldida qoidalarni buzgan holda guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga chora ko‘rildi

Samarqandda to‘y kortejida qatnashib qoidalarni buzib harakatlangan haydovchilarga chora ko‘rildi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid