Jahon | 20:44 / 25.11.2021
3844
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Litvadagi elchixonasi konsullik xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatdi

Yozda Litva hukumati Tayvanga mamlakatda o‘z elchixonasini ochishga ruxsat bergandi.

Foto: David J. Phillip/AP

Xitoyning Litvadagi elchixonasi konsullik xizmatlari ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatdi.

“Texnik sabablarga ko‘ra, 2021 yil 25 noyabrdan konsullik xizmatlari ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi. Xizmat ko‘rsatish tiklanishi to‘g‘risida alohida xabar qilinadi”, — deyiladi elchixona xabarida.

Yozda Litva hukumati Tayvanga mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochishga ruxsat bergandi.

Xitoy buni “ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi kommyunike tamoyillarining qo‘pol buzilishi” deb hisobladi va Litvadan o‘z elchisini chaqirtirib oldi.

18 noyabr kuni Litvada Tayvan elchixonasi faoliyatini boshladi.

Pekin bunga javoban Litvaga temiryo‘l tashuvlarini to‘xtatib qo‘ydi, Litva korxonalari uchun kredit limitini kamaytirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid