Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI barcha emlanganlar uchun chegaralarini qachondan ochishi ma'lum bo‘ldi
YeI hududiga fuqarolari erkin kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar “yashil ro‘yxati” bekor qilinib, sayyohning emlanganiga qarab uning kirishiga ruxsat beriladi.
Yevrokomissiya 2022 yil 1 martdan barcha uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun YeI hududiga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi. Bu haqda YeK saytida ma'lum qilindi.
Unga qadar mamlakatlarga qarab emas, sayyohlarning emlanganiga qarab ularning kirishiga ruxsat berish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Ushbu qarorga kelinishiga mamlakatlar ro‘yxatini muntazam yangilab turish murakkabliklar keltirib chiqarayotgani sabab bo‘ldi. Endilikda YeI hududiga fuqarolari erkin kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar “yashil ro‘yxati” bekor qilinadi.
“Dunyo bo‘yicha vaksinatsiya ko‘lami kengayishi munosabati bilan mamlakat emas, sayyohning maqomidan kelib chiqqan holda kirishiga ruxsat beriladi. YeI tarkibiga kirmaydigan mamlakatlar vaksinatsiya ko‘rsatkichlarini yanada oshirishiga vaqt berish uchun bu o‘zgarish 2022 yil 1 martdan bo‘ladi”, - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, JSST ma'qullagan, ammo Yevropa dori vositalari agentligi ma'qullamagan vaksina bilan emlanganlar koronavirusga topshirgan testi manfiyligi to‘g‘risidagi hujjatni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025