Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘qishga kiritishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Illyustrativ foto
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘qishga kiritishini aytib o‘z mahalladoshining pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi L.Jonibek 2019 yil avgust oyidan 2019 yil dekabr oyigacha mahalladoshi I.Jamolni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib Termiz shahrida 19,8 million so‘m pullarini olgan. So‘ng bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 5 noyabr kuni L.Jonibekka nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi
17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi
17:12 / 08.06.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda “Nexia” yonib ketdi
16:03 / 23.07.2023