«Palmeyras» yulduzli tarkibga ega «Flamengo»ni mag‘lub etib, qatorasiga 2-bor Libertadores Kubogida g‘olib bo‘ldi
Urugvay poytaxti Montevideoda o‘tgan Libertadores Kubogi finalida Braziliyaning ikki jamoasi to‘qnash keldi.

Foto: Palmeiras
Amaldagi chempion «Palmeyras» turnirning 2019 yilgi g‘olibi, yulduzli tarkibga ega «Flamengo» bilan bahs yuritib, qo‘shimcha bo‘limda g‘alabani ilib ketdi.
Asosiy vaqtda Rafael Veyganing tezkor goliga ikkinchi bo‘limda Gabriel Barboza javob berdi. 95-daqiqada esa Andres Pereyraning xatosidan so‘ng Deyverson g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa «Palmeyras» o‘z tarixida 3-bor, qatorasiga 2-marta qit'a chempioniga aylandi.
Libertadores Kubogi. Final
Palymeras — Flamengo 2:1
27 noyabr. Montevideo. «Sentenario»
Gollar: Veyga (5), Deyverson (95) — Gabriel (72).
Palmeyras — Veverton, Mayke (Gabriel Menino, 108), Gomes, Gustavo Gomes, Luan, Xoakin Pikeres (Felipe Melo, 113), Danilo (Patrik Kerreyro, 70), Ze Rafael (Danilo, 82), Dudu (Ribeyro Silva, 77), Rafael Veyga (Deyverson, 91), Gustavo Skarpa, Roni.
Flamengo — Diyego Alves, Muarisio Isla (Mateuzino, 79), Rodrigo Kayo, David Luis, Filipe Luis (Rene, 32), Andres Pereyra (Pedro, 111), Villian Arao, Everton Ribeyro (Mikael Delgado, 63), Jorjian de Arraskaeta (Vitino, 111), Bruno Enrike (Kenedi, 91), Gabriel Barboza.
Ogohlantirishlar: Kayo (65), Pikeres (67), Gomes (74), de Arraskaeta (78), Melo (120+1).
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025