Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu biz anchadan buyon kutayotgan virus bo‘lsa kerak». Virusolog pandemiya «omikron» shtammi bilan tugashini taxmin qildi
«Omikron» deb nomlangan B.1.1.529 shtammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan.
Virusologiya professori, Gamaleya nomidagi institut yetakchi ilmiy xodimi Anatoliy Alshteyn insoniyat COVID-19ning «omikron» deb nomlangan yangi shtammiga moslashishi va pandemiya tugashini aytdi.
«Bu biz anchadan buyon kutayotgan va insonga moslashib, og‘ir oqibatlar keltirib chiqarmaydigan virus bo‘lishi kerak. Agar u rostdan ham butun dunyoda tez tarqalsa, shu bilan hammasi tugaydi», — dedi u.
«Genetik materialimizda virus genomlari bor, hamma odamlarda shunday va bu viruslar yuqumli emas, yuqumlilari ham bor, ammo ularning yuqqanini sezmaymiz ham, bu virus ham shunday bo‘ladi», — dedi virusolog.
Uning qayd etishicha, yangi shtammning foydasi yoki zarari haqida xulosa qilishga hali erta, chunki u keksalar va surunkali xastaligi bor bemorlarga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak.
«Omikron» deb nomlangan B.1.1.529 shtammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan.
Yangi variant 32ta mutatsiyaga ega. Virusologlarning qayd etishicha, virus mutatsiyalari ko‘pligi juda jiddiy muammo.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
10:41 / 13.03.2025
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan
15:37 / 21.02.2025