Navoiyda qariyb 15 mln so‘mlik “paqildoq” to‘xtatib qolindi
Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 14,4 mln so‘mlik pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, bugun, 29 noyabr kuni soat 12:30larda viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi, Milliy Gvardiya hamda IIB xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida tezkor reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro A.N. qiymati 14 mln 400 ming so‘m bo‘lgan 28 800 dona “Britanik” pirotexnika vositalarini sotish uchun saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda 17,7 mln so‘mlik pirotexnika vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024