Jahon | 15:57 / 30.11.2021
3367
1 daqiqa o‘qiladi

1 dekabrdan Qirg‘izistonga kirishda PZR-test topshirish barcha uchun majburiy bo‘ladi

«Omicron» shtammi tarqalgan mamlakatlar fuqarolariga Qirg‘iziston hududiga kirish taqiqlanadi.

Foto: AR/TASS

Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi 2021 yil 1 dekabrdan mamlakatda koronavirus infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni e'lon qildi, deb xabar berdi 24kg.

Xabarga ko‘ra, respublikaga kirishda xorij fuqarolari va qirg‘izistonliklar emlanganlik holatidan qat'i nazar PZR-test topshirishi majburiy bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi «omicron» shtammi tarqalgan mamlakatlar ro‘yxatini chegara xizmatiga taqdim etish uchun epidemiologik vaziyatni kuzatib boradi. Bunday davlatlar fuqarolariga Qirg‘iziston hududiga kirish taqiqlanadi.

Avvalroq Qozog‘iston hukumati mamlakatda koronavirusning «omikron» shtammi tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator davlatlardan xorijliklarning kirishini cheklashga qaror qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid