Jahon | 15:05 / 30.11.2021
4538
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda davlat chegara xizmati vertolyoti halokatga uchradi

Halokat Garageybat poligonida o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘lgan.

Foto: Ozarboyjon mudofaa vazirligi

Ozarboyjonning Hizin rayonida davlat chegara xizmati vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat chegara xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, halokat Garageybat poligonida o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘lgan.

Halokat oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligi aytilmoqda.

Voqea joyida chegara xizmati va bosh prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid