O‘zbekiston | 11:01 / 01.12.2021
1199
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda aholi tadbirkorning yuqori kuchlanishli tarmoq tortishiga qarshilik ko‘rsatdi

Foto: Sergey Malgavko

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tadbirkor bilan aholi o‘rtasida yuqori kuchlanishli tarmoq tortish masalasida nizo kelib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «Samarqand HETK» matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, Jomboy tumani Zarafshon mahallasi Jalakapa-2 ko‘chasidan tadbirkor tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i tortish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu esa bir guruh aholi vakillari noroziligiga sabab bo‘lgan va o‘rtada nizo kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, nizo yuzasidan Jomboy tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari fuqarolar va tadbirkor bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qilgan. Zarafshon mahallasi Jalakapa-2 ko‘chasidan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘i o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi tegishli tashkilotlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra amalga oshirilishi fuqarolarga tushuntirilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid