O‘zbekiston | 14:57 / 01.12.2021
2484
2 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaylida 381,2 mln so‘mlik budjet mablag‘ini o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

Foto: KUN.UZ

Qoraqalpog‘istonda  381,2 mln so‘mlik budjet mablag‘ini o‘zlashtirgan mansabdorlar kirdikorlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga asoslanib Xo‘jayli tumani hokimligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, holat bo‘yicha departamentning Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tuman hududida joylashgan Respublika ko‘p tarmoqli bolalar sanatoriyasi va “M.T.” MChJ rahbari J.A. oldindan til biriktirib, ushbu sanatoriyaga shartnomada ko‘rsatilgan «MODeRN» dizaynidagi har xil o‘lchamdagi 600 mln so‘m pul mablag‘lariga arzon narxlarda 3 turdagi 218,8 mln so‘mlik etiketkalari bo‘lmagan gilamlar yetkazib berilgan. Aniqlanishicha, jami 381, 2 mln so‘m budjet mablag‘lari talon-taroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Sud tomonidan aybdor shaxslar jazoga tortildi hamda 381,2 mln so‘mlik budjetga keltirilgan zarar undirilishi ta'minlandi, deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan oldin Kegeylida 5 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid