Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Kampaniya universiteti filiali tashkil etiladi
Italiyaning Neapol shahrida Buxoro viloyati delegatsiyasi hamda Luidji Vanvitelli nomidagi Kampaniya universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Buxoro shahrida mazkur universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma'lum qildi.
Imzolangan kelishuvga asosan filialda Kampaniya universitetining o‘quv dasturlari asosida qurilish, arxitektura, kiyimlar dizayni, oliy hamshiralik yo‘nalishlarida bakalavr hamda magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Buxoro viloyatida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda charm va teri mahsulotlarini qayta ishlash, tibbiyotning davolash ishi, farmatsiya hamda turli tor mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash taklifi bildirildi.
Filialda ta'lim jarayoniga Kampaniya universitetining malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilib, talabalarning Italiyada amaliyot o‘tashlariga imkoniyat yaratiladi. Filial faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yilgunga qadar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro davlat tibbiyot universitetlari bilan yuqorida ta'kidlangan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturlari amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha Kampaniya universiteti hamda Buxoro oliygohlari o‘rtasida memorandum imzolandi.
Uchrashuvda Kampaniya universiteti hamda Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, turli ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham kelishib olingan.
Ma'lumot uchun, Kampaniya universiteti Italiyaning davlat universitetlaridan biri bo‘lib, u 1991 yilda tashkil etilgan. Universitetda bugungi kunda 30 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.
Mavzuga oid
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025