O‘zbekiston | 11:59 / 02.12.2021
6933
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

International Digital University xalqaro universitetlar talabalari uchun qiziqarli yechimni taklif etadi

Foto: International Digital University

IDU O‘zbekistondagi barcha xalqaro universitet talabalariga «IT Practicum» dasturida ishtirok etishni taklif qiladi. Dastur bitiruvchilari 9 oylik o‘qishdan so‘ng eng kamida $500 oylik maosh to‘laydigan ish bilan ta’minlanadilar.

Ba’zida universitetga endigina kirgan talaba tanlangan yo‘nalish, butun hayotini bag‘ishlashni istagan yo‘nalish emasligini tushunadi. Yaxshi hamki, bugungi zamonaviy dunyoda mutlaqo yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

International Digital University – bu IT sohasida xalqaro ta’lim olishingiz, o‘z salohiyatingizni yuzaga chiqarishingiz va zamon bilan hamnafas faoliyat yuritishingiz mumkin bo‘lgan zamonaviy maydon hisoblanadi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng talabalar Britaniya diplomiga ega bo‘libgina qolmay, ta’lim jarayonida ishlashlari ham mumkin bo‘ladi.

Foto: International Digital University

Agar siz hozirda O‘zbekistonda joylashgan boshqa xalqaro universitetlarda o‘qib turgan bo‘lsangiz va IELTS darajangiz 7 ball va undan yuqori bo‘lsa IDU siz uchun ajoyib yechimni taklif qiladi. Ya’ni, hozirgi o‘qishingizdan uzilmagan holda, IT-yo‘nalishlari bo‘yicha IDU'ning maxsus kurslarini yakunlab mahalliy va xalqaro kompaniyalarda $500 va undan yuqori maosh asosida ish takliflarini qo‘lga kiritishingiz mumkin. Endi siz stipendiyani kutishingizning hojati yo‘q, hozir ma’suliyatni o‘z zimmangizga olish va IDU taqdim etgan «IT Practicum»dan olgan ilg‘or IT bilimlaringiz asosida daromad topishingizning ayni vaqti.

Ushbu taklifning o‘ziga xosligi shundaki, agar 9 oylik o‘qishdan so‘ng sizga 500$ va undan ortiq maoshli ishlar taklif qilinmasa, IDU o‘qish to‘lovi sizga 100% qaytarilishini kafolatlaydi. Shu qatorda, ushbu dastur bo‘yicha o‘rinlar soni cheklangan bo‘lib, 50 nafardan ko‘p bo‘lmagan tinglovchilarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Qabul paytida talabalar IELTS sertifikatini taqdim etishlari, shuningdek, matematikadan imtihon topshirishlari talab etiladi. Qabul jarayoni dekabr oyida yakunlanadi, shu sababli shoshiling.

Foto: International Digital University

International Digital University'da siz IT-sohasida talabgor bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘zlashtirishingiz mumkin:

  • Sun’iy intellekt va robototexnika;
  • Ma’lumotlar tahlili;
  • O‘yin yaratish;
  • Kiberxavfsizlik.

Ta’lim jarayoni Buyuk Britaniya standartlari asosida dolzarb va qiziqarli o‘tkaziladi. Talabalar interaktiv ma’ruzalar, yetakchi soha mutaxassislarining mahorat darslari, shuningdek, qo‘shimcha to‘garaklar va turli rivojlantiruvchi kurslardan bahramand bo‘lishadi.

Barcha batafsil ma’lumotlarni telefon raqami yoki veb-sayt orqali bilib olishingiz mumkin:

Telefon: +99871 205 50 80 

Sayt: www.idu.uz

«IT Practicum» kursiga ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi onlayn arizani to‘ldiring: forms.gle/k4GyaGL8J4UfCpqT8

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid