O‘zbekiston | 12:45 / 19.10.2022
9447
3 daqiqa o‘qiladi

IT sohasida ilk raqamli universitet – IDU’dan reportaj

O‘zbekistonlik yoshlarga IT yo‘nalishida sifatli va muvaffaqiyatli ta’lim berish maqsadida bir yil muqaddam tashkil etilgan IDU – INTERNATIONAL DIGITAL UNIVERSITY faoliyatiga ko‘p bo‘lmadi. Kun.uz muxbiri ushbu oliy ta’lim muassasasi muhiti bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetda bo‘ldi.

Britaniya standartlari asosida ta’lim olish, xalqaro diplom va 3000 AQSh dollaridan boshlanadigan ish ko‘plab yoshlarning orzusi. O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilgan raqamli universitet – IDU’da ikkita fandan imtihon topshirib, (agar IELTS sertifikati bo‘lsa bitta imtihon) bularning bariga erishish mumkin.

IT yo‘nalishidagi zamonaviy ta’lim

International Digital University 2021 yilda O‘zbekistondagi birinchi, raqamli universitet sifatida tashkil etildi. IDU’dagi o‘quv jarayoni dunyoning yetakchi universitetlarida tan olingan, zamonaviy ta’lim metodikalari asosida tashkil etilgan. Universitet Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri “Wolverhampton” universiteti bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

IDU’da talabalar o‘qishning birinchi yilida Britaniya oliy ta’lim dasturi bo‘yicha tuzilgan, “Foundation” bosqichida o‘qishadi. “Foundation” kursining maqsadi talabalarga IT sohasidagi asosiy bilimlarni o‘rgatishdir. 2-kursdan boshlab esa talabalar sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, o‘yin yaratish, raqamli biznes hamda ma’lumotlar ilmi (data science) kabi yo‘nalishlarda tahsil olishlari mumkin.

Rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarida ishlash imkoniyati

IDU hamda Yaponiyaning “SSI” ishga qabul qilish kompaniyasi o‘rtasida uzoq muddatli shartnoma tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra, “SSI” kompaniyasi IDU bitiruvchilarini ish bilan ta’minlaydi va ularga Yaponiya, Buyuk Britaniya, Amerika va dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida joylashgan xalqaro IT kompaniyalarida ish topishga yordam beradi.

Tayyorgarlik va imtihonlar jarayoni

IDU’ga kirish imtihonlarida, abituriyentlar, faqat ikkita: matematika va ingliz tili fanlaridan imtihon topshiradilar. Shuningdek, ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega nomzodlar, ushbu fandan belgilangan imtihondan ozod bo‘lishadi.

Universitetga kirish imtihonlaridan o‘ta olmagan yoki imtihon uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rishni istagan abituriyentlar uchun maxsus IDU Akademiyasi ham mavjud.

Telegram kanal: https://t.me/idu_uz

Telegram bot: https://wep.wf/c1jvjl

Instagram: https://www.instagram.com/idu.uz

Veb-sayt: www.apply.idu.uz

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid