Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda OIV infeksiyali ayollardan har yili 550-600 nafar chaqaloq tug‘ilmoqda
O‘zbekistonda OIV infeksiyali ayollardan har yili o‘rtacha 550-600 nafar chaqaloq tug‘ilmoqda. Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2006 yildan boshlab JSSTning tavsiyalariga muvofiq, OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishining oldini olish dasturi joriy etilgan. Unga ko‘ra har yili o‘rtacha 600 ming homilador OIV infeksiyasiga tekshiriladi.
OIV infeksiyali ayollardan har yili o‘rtacha 550-600 nafar chaqaloq tug‘iladi va ularga OIV infeksiyasini onadan bolaga o‘tishining oldini olish maqsadida, retrovirusga qarshi dorilar o‘z vaqtida berib boriladi.
OIV infeksiyasining onadan bolaga o‘tishining oldini olish maqsadida tug‘ilgan chaqaloqlar (6 oylikkacha) sun'iy oziqlantirish (quruq sut) bilan ta'minlanadi.
Mavzuga oid
18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi
07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum
09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
08:40 / 18.03.2025