Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron qator Yevropa davlatlari Kobulda umumiy elchixona ochishni rejalashtirganini aytdi
Shu bilan birga, Fransiya prezidenti bu «Tolibon» harakatining siyosiy jihatdan tan olinishini bildirmasligini ta'kidladi.
Yevropaning bir nechta mamlakati Afg‘onistonda qo‘shma diplomatik missiyasini ochishni rejalashtirgan. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma'lum qildi.
«Biz, bir nechta Yevropa mamlakati elchilarimizga Afg‘onistonda bo‘lish imkoniyatini beruvchi umumiy makonni tashkil etishni o‘ylayapmiz», — dedi u.
Shu bilan birga, Fransiya prezidenti bu «Tolibon» harakatining siyosiy jihatdan tan olinishini bildirmasligini ta'kidladi.
U vakolatxona tez orada ochilishini kutayotganini qo‘shimcha qildi, hozirda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha ayrim masalalar hal etilishi lozim.
Avgustda toliblar Kobulni egallaganidan so‘ng g‘arb davlatlari o‘z diplomatlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
19:47 / 13.05.2025