Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkor ayollar Diskussion klubi ish boshladi
3 dekabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti shafeligida Markaziy Osiyo tadbirkor ayollari Diskussion klubining inauguratsion yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Diskussion klub ayollar tadbirkorligi sohasida fikr va tajriba almashish, biznes va mintaqaviy savdoni rivojlantirish, sarmoya jalb etishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkor ayollari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.
Shuningdek, klub faoliyati innovatsion biznes modellarini o‘zaro o‘qitish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi amaliy yechimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tadbirda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va bu boradagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, davlat organlari va xususiy sektor vakillari xotin-qizlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Panel sessiyalar doirasida mintaqa mamlakatlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning milliy ustuvor yo‘nalishlari va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashishda hukumatlarning roli, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilishda inklyuziv ekotizimli yondashuvni yaratish, pandemiya inqirozidan tiklanish uchun ayollar boshchiligidagi mikro, kichik va o‘rta korxonalarni faol jalb etish va qo‘llab-quvvatlashda tadbirkorlik tashkilotlarining roli masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Muloqot a'zolari va Diskussion klub ishtirokchilari mintaqa mamlakatlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash masalalarini muntazam muhokama qilish va fikr almashishga kelishib oldilar.
Ma'lumot uchun: Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti mintaqada barqaror rivojlanish, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga ko‘maklashishda barcha ayollarning rolini kuchaytirish tarafdori bo‘lgan norasmiy koalitsiyadir. Muloqot 2020 yil 23 dekabr kuni BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) va BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining birinchi uchrashuvida rasman boshlangan. Muloqotda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025