Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Qozog‘iston nima uchun Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaganiga izoh berdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nima uchun Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaganini aytdi.
“Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risida referendum o‘tkazildi. Biz Qrimni Rossiyaniki deb tan olmadik, chunki u holda Janubiy Osetiya, Abxaziya, Kosovoni ham tan olishga to‘g‘ri kelardi”, — dedi u amerikalik rejissyor Oliver Stounga berilgan intervyuga asoslangan “Qazaq. History of The Golden Man” filmida.
Shu bilan birga, Nazarboyev Qozog‘iston o‘shanda Ukrainani ham qo‘llab-quvvatlamaganini aytdi.
“Bularning barchasi Kiyevda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishi sababli yuz berdi. Ukrainani yaxshi ko‘raman, men u yerda o‘qiganman va bo‘lib o‘tayotgan voqealardan xavotirlanaman”, — dedi u.
2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatchilik tan olmaydi.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qrim “amalda va yuridik jihatdan Rossiyaga tegishli” ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
16:21 / 28.04.2025
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
22:32 / 23.04.2025
Tramp: hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
21:29 / 23.04.2025