Jahon | 22:52 / 06.12.2021
10779
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada qahraton sovuq tufayli poyezdlar harakati to‘xtatildi

Sinoptiklar bir necha kun davomida havo harorati minus 30 darajadan past bo‘lishini aytmoqda.

Foto: SVT

Shvetsiya shimolidagi Norrbotten shahrida havoning keskin sovib ketishi tufayli poyezdlar harakati to‘xtatildi, deb xabar berdi SVT telekanali.

Sinoptiklar bir necha kun davomida havo harorati minus 30 darajadan past bo‘lishini aytmoqda.

Xabarda aytilishicha, poyezdlar harakati yo‘lovchilar xavfsizligini o‘ylab to‘xtatilgan.

“Lokomotiv va vagonlarimiz bunday sovuqqa bardosh bera oladi, ammo Kirunadan shimol tomon poyezdlar uzoq masofani bosib o‘tadi. Bu esa agar biror nosozlik yoki evakuatsiya holati yuzaga kelsa, imkoniyatlar cheklanishini bildiradi. Shu sababli xavfsizlik nuqtayi nazaridan harakatni to‘xtatishga qaror qildik”, – deyiladi temiryo‘l xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, poyezdlar harakati 9 dekabrgacha to‘xtatib turilishi mumkin. Ularning o‘rniga avtobuslar soni ko‘paytiriladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid