Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘z fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda – OAV
Ma’lumot berilishicha, Pentagon evakuatsiyaning turli – “ikkinchi darajali davlat xizmatchilari”dan tortib barcha fuqarolarni ommaviy olib chiqib ketishgacha bo‘lgan variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
AQSh hukumati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ehtimoli to‘g‘risidagi xabarlar fonida o‘z fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish imkoniyati va yo‘llarini o‘rganmoqda, deb xabar berdi CNN telekanali o‘z manbalariga tayanib.
“Bayden ma’muriyati agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa va xavfsizlik borasida og‘ir vaziyatni vujudga keltiradigan bo‘lsa, Ukrainadan amerikalik fuqarolarni evakuatsiya qilish imkoniyatini o‘rganmoqda”, — deyiladi telekanal xabarida.
Ma’lumot berilishicha, Pentagon evakuatsiyaning turli — “ikkinchi darajali davlat xizmatchilari”dan tortib barcha fuqarolarni ommaviy olib chiqib ketishgacha bo‘lgan variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu boradagi yakuniy qarorni davlat departamenti qabul qiladi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu rejalashtirishga AQShning Afg‘onistondan evakuatsiya qilish ishlarini yomon olib borgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq G‘arb nashrlari Rossiya 2022 yilning boshlarida Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025