Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qotillik va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etib qochib yurgan shaxs Rossiyada ushlandi
Qashqadaryo viloyatida qotillik, bosqinchilik jinoyatlarini sodir etib qochib yurgan shaxs Rossiyada ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Kasbi tumani “Mug‘lon” MFYda ro‘yxatda turuvchi H. H. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j”, “i”, “o”, “p” bandlari va 164- moddasi 3-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun unga nisbatan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan qidiruv e'lon qilingan.
IIV JQBB va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlik natijasida H.H. Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati Bugruslan shahridan ushlangan.
Qayd etilishicha, jinoyat sodir etgan shaxs endi qonun oldida javob bermoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025