Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik ikki bola muzlagan ko‘lga cho‘kib ketdi
Rossiyaning Ryazan oblastidagi Dedyuxino qishlog‘ida o‘zbekistonlik ikki o‘g‘il bola muzlagan ko‘l ostiga tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda «KP–Ryazan» nashri bolalarning otasiga tayanib xabar berdi.
Erkakning aytishicha, bolalar hech qachon ruxsatsiz biror joyga ketishmagan. Ular odatda televizor ko‘rishgan va uy oldida o‘ynab yurishgan.
Fojia 3 dekabr kuni yuz bergan. 4 va 7 yoshli o‘g‘il bolalar Dedyuxino qishlog‘idagi ko‘lning hali to‘liq muzlamagan yuzasiga chiqishgan va uning ostiga tushib ketishgan.
Mahalliy aholi vakillari bolalarni suvdan olib chiqqanida, ular tirik bo‘lgan. Biroq, ularning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 19.03.2025
Aydar-Arnasoy ko‘llarida o‘tkazilgan reydlarda 423 mln so‘m jarimalar belgilandi
12:27 / 25.01.2025
Ukraina Ryazan va Bryanskdagi obektlarga zarar yetkazganini tasdiqladi
17:12 / 20.08.2024
Shveytsariya hukumati ko‘llardagi o‘q-dorilarni yig‘ib olish uchun eng yaxshi g‘oyalarga 58 ming dollar va’da qildi
20:30 / 09.08.2024