Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanda qurolli hujumdan keyin 50ga yaqin odam halok bo‘ldi
Sudanning G‘arbiy Darfur shtatidagi Jabal-Mun tumanida qurollangan kishilar hujumidan keyin kamida 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Dabanga mahalliy radiosi ma'lum qildi.
Guvohlarning xabar berishicha, bosqinchilar Kereinek shahrini qurshab olib, uni og‘ir quroldan o‘qqa tuta boshlagan, so‘ngra qochqinlar lageriga o‘t qo‘ygan. Sudan shifokorlari markaziy qo‘mitasi hujumdan keyin voqea joyida 48 jasad va ko‘plab yaralanganlar aniqlanganini ma'lum qilgan.
Oxirgi oylarda Jabal-Mun qurolli to‘qnashuvlar markazi bo‘lib qolmoqda. Ular oqibatida 100ga yaqin odam halok bo‘lgan.
2003 yilda tarkibiga Sharqiy va G‘arbiy Darfur shtatlari kiruvchi Darfur regionida fuqarolik urushi boshlangan. O‘shanda “Sudan ozodlik harakati” va “Adolat va tenglik uchun harakat” guruhlari regionning “iqtisodiy kamsitilishi”ga norozilik sifatida markaziy hukumatga qarshi isyon ko‘targan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ixtilof davomida 300 ming kishi halok bo‘lgan, 2,5 mlndan ko‘proq kishi qochqinga aylangan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.04.2025
Sudan: RSF muqobil hukumat tashkil etilishini e’lon qildi
14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
16:45 / 26.02.2025
Sudanda harbiy samolyot halokatga uchradi. 40 dan ortiq inson halok bo‘ldi
14:44 / 08.01.2025