O‘zbekiston | 11:58 / 07.12.2021
48345
1 daqiqa o‘qiladi

Denovdagi portlash hududidan yana bir jasad topildi

Videodan kadr

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi portlashda halok bo‘lgan ikkinchi fuqaro jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun erta tongda «Indenim» savdo markazida ro‘y bergan gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilganda halok bo‘lgan ikkinchi fuqaroning jasadi topilgan.

Joriy yilning 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov tumanidagi «Indenim» savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnash yuzaga kelgan. 9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in 28 daqiqa mobaynida FVV kuch-vositalari tomonidan o‘chirilgan.

Avvalroq, Denovdagi portlash natijasida bir kishi halok bo‘lgani aniqlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid