Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda talabaning o‘limida ayblangan 20 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Sud majlisida 25 nafar ayblanuvchidan 22 nafari qatnashgan. Ularning 20 nafari oliy jazoga hukm qilindi. Besh nafariga bir umrga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, ammo uch nafari hozircha qidiruvda.
Bangladesh sudi 2019 yilda muhandislik-texnologiya universiteti talabasi Abror Fahadni o‘ldirishda aybdor deb topilgan 20 nafar kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda The Bangladesh Observer nashri xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, sud majlisida 25 nafar ayblanuvchidan 22 nafari qatnashgan. Ularning 20 nafari oliy jazoga hukm qilindi. Besh nafariga bir umrga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, ammo uch nafari hozircha qidiruvda.
21 yoshli Abror Fahad 2019 yil 7 oktyabrda jonsiz holda topilgan. U Facebook tarmog‘ida hukumatni tanqid qilgani uchun qiynoqqa solingan, so‘ngra o‘ldirilgan.
Ushbu qotillikdan so‘ng mamlakatdagi talabalar yigitning o‘limiga sabab bo‘lganlarni topish va jazolashni talab qilib ommaviy namoyishlar o‘tkazgan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025