Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Ukrainani Rossiyadan himoyalashda AQSh armiyasi qo‘llanmasligini aytdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainani Rossiya tajovuzidan amerikalik harbiylar yordamida himoya qilinishi mumkinligini istisno etdi. Bu haqda AQSh ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
“Bunday imkoniyat ko‘rib chiqilmayapti”, deb aytgan jurnalistlar bilan uchrashuvda Bayden.
AQSh prezidenti “Amerikalik harbiylar Ukrainani Rossiyadan himoya qilish uchun u yerga yuboriladimi?” degan savolga voqealarning bunday rivoji istisno etilishini aytgan. Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Bayden bunday tajovuz holatida bir tomonlama tartibda Rossiyaga qarshi kuch qo‘llamasligini ta’kidlab o‘tgan.
Shu bilan birga, Oq uy rahbari AQSh NATOga a’zo davlatlarda o‘z harbiy imkoniyatlarini kuchaytirishini tasdiqlagan. Avvalroq Vashingtonda Rossiya va Ukraina o‘rtasida ixtilof yuz bersa, harbiy imkoniyatlar kuchaytirilishi mumkinligi aytilgan.
Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan videoanjuman vaqtida Rossiya Ukrainaga hujum qilgudek bo‘lsa, Rossiyaga qarshi “avval hech qachon qo‘llanmagan” sanksiyalar kiritilishidan ogohlantirgani, bu holda Rossiyani jiddiy oqibatlar kutayotganini aytganini ta’kidlab o‘tgan.
Avvalroq Putindan “Rossiya Ukrainaga hujum qilmoqchimi?” deb so‘ralganda, u savolning o‘zi “provokatsion” ekanini, Rossiya tinchliksevar tashqi siyosat yurgazishini, biroq u o‘z xavfsizligini ta’minlashga haqli ekanini aytgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025