Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand aeroporti 10 dekabrdan aviaqatnovlar uchun ochiladi
Samarqand xalqaro aeroporti 10 dekabrdan boshlab xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar uchun ochiladi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda yangi aerodrom majmuasi qurilishi to‘liq yakunlangan. Uning tarkibida uzunligi 3 105 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yangi qayrilib olish yo‘laklari va 24 ta samolyot sig‘adigan perron mavjud.
Shuningdek, aerodrom majmuasida ICAO’ning ikkinchi toifasiga mos keladigan zamonaviy energiya tejovchi yorug‘lik chiroqlari bilan jihozlangan qo‘nish tizimi o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha, aerovokzal majmuasi qurilishi davom etmoqda.
Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar vaqtincha yopilishi ma’lum qilingandi. Keyinchalik bu muddat 15 dekabrgacha uzaytirilgan edi. Shu munosabat bilan Samarqand xalqaro aeroportining aviaqatnovlari vaqtincha Navoiy, Buxoro, Qarshi xalqaro aeroportlariga yo‘naltirildi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025