O‘zbekiston | 16:09 / 09.12.2021
4691
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent–Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdlari qatnovi bittaga ko‘payadi

O‘tgan bir oy mobaynida shanba va yakshanba kunlari qatnagan poyezdlar, endilikda juma kuni ham harakatlanadi.

Foto: KUN.UZ

10 dekabrdan Toshkent–Buxoro–Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 770/769-sonli Afrosiyob poyezdlari juma kuni ham qatnay boshlaydi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, o‘tgan bir oy davomida mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar shanba va yakshanba kunlari amalga oshirilgan.

Endilikda 770-sonli Afrosiyob poyezdi juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatlanib Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida to‘xtab o‘tadi va soat 12:47 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

769-sonli Afrosiyob poyezdi esa soat 15:02 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keladi.

Qolgan Afrosiyob poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnashda davom etadi. 

Исломбек Умаралиев
Tayyorlagan Исломбек Умаралиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid