Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyaning yirik banki lavozim taklif qilib so‘ng ishga olmagani uchun bankirga qariyb 68 mln yevro to‘laydi
Bank 2018 yil sentyabrda Orchelga ijrochi direktor lavozimini taklif qilgan. Ammo muzokaralar davomida tomonlar bankirning maoshi va kompensatsiya to‘lovlari borasida kelisha olmagan.
Madrid sudi Santander banki bankir Andrea Orchelga 67,8 mln yevro to‘lashi to‘g‘risida hukm chiqardi, deb yozadi Bloomberg.
Bank 2018 yil sentyabrda Orchelga ijrochi direktor lavozimini taklif qilgan. Ammo muzokaralar davomida tomonlar bankirning maoshi va kompensatsiya to‘lovlari borasida kelisha olmagan. Natijada Santander banki unga berilgan taklifini qaytarib olgan.
Orchel bankni sudga bergan. U ijrochi direktor lavozimini egallash taklifi berilgan maktub rasmiy shartnoma hisoblanishini va bank shartnomani bekor qilgani uchun unga kompensatsiya to‘lashi kerakligini talab qilgan.
Santander maktub "norasmiy taklif" bo‘lgani va hech qanday yuridik kuchga ega emasligini bildirgan.
Sud Orchelning da'vosini qanoatlantirdi va Santander banki unga 67,8 mln yevro kompensatsiya to‘lashi borasida hukm chiqardi. Bu bankirning ikki yil davomida olishi ko‘zda tutilgan maoshi hamda u 10 mln yevro deb baholagan ma'naviy zararni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025