Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Veterinariya va chorvachilik tarmoqlariga Hindiston texnologiyasi va innovatsiyalari jalb etiladi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov antigelmint va dezinfeksiyalovchi preparatlarni ishlab chiqarish sohasiga hind texnologiyasi va innovatsiyalarini jalb etish, tabiiy sharoitda hayvon resurslari va baliqchilikda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini tashkil etish, hayvon kasalliklarini tashxislash va epizootik holatni barqarorlashtirishda tajriba almashish maqsadida Hindistonning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning kun tartibidan kelib chiqib, hayvon kasalliklariga birgalikda qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, veterinariya preparatlarini ishlab chiqarishda hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.
Shuningdek, hayvon resurslari sohasida savdo almashinuvini oshirish, har ikki mamlakat veterinariya nazorati tizimi bilan tanishish, broyler va tuxum yo‘nalishidagi tovuqchilikning sifatini oshirish, zooinjyeneriya va chorva seleksiyasi, chorva fermalarini boshqarish yo‘nalishida Hindistonning texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC) doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun alohida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishildi.
Muloqot davomida Hindistonning Qishloq xo‘jaligi va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini rivojlantirish tashkiloti (APEDA) faoliyati bilan tanishish maqsadida qo‘mita mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning Hindistonga rasmiy tashrifini tashkil etish hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida hamkorlik memorandumini tayyorlash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:30 / 08.04.2022
Xorijdan veterinariya sohasidagi mutaxassis yollashga ehtiyoj yo‘q
15:30 / 28.03.2022
O‘zbekiston chorvachilik tarmog‘iga Yevropa Ittifoqi grant mablag‘i ajratadi
20:00 / 20.12.2021
Veterinariya va chorvachilik tarmog‘ida yapon loyihalari amalga oshiriladi
12:00 / 29.11.2021