Jamiyat | 20:00 / 20.12.2021
6779
2 daqiqa o‘qiladi

Veterinariya va chorvachilik tarmog‘ida yapon loyihalari amalga oshiriladi

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Suguru Miyazaki o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda ma’lum qilindi.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Endilikda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining imtiyozli moliyaviy ko‘magi bilan mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik, parrandachilik, shuningdek go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Shuningdek, uchrashuvda JICA hamda Yaponiya Fan va texnologiya agentligi (JST) tomonidan amalga oshirilayotgan SATREPS dasturi doirasida «Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasining chorvachilik, baliqchilik va ozuqa bazasini yaxshilash yo‘nalishlarida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ishtirok etishiga kelishildi.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Muloqot so‘ngida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash maqsadida 2022 yilning yanvarida Yaponiya veterinariya va chorvachilik sohasi ekspertlarining yurtimizga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid