Jahon | 10:25 / 12.12.2021
2972
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada “omikron” shtammi bilan ilk kasallanish holatlari aniqlandi

Turkiyada koronavirusning “omikron” shtammi bilan ilk kasallanish holatlari aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrittin Xo‘ja ma'lum qildi.

Foto: Esra Hacioglu / Anadolu Agency

Istanbulda yangi shtamm bilan bitta, Izmir viloyatida esa beshta kasallanish holati qayd qilingan. Xo‘janing ta'kidlashicha, bemorlarda kasallik yengil shaklda o‘tayotgani sababli ularni shifoxonaga yotqizishga zarurat yo‘q.

Shu bilan birga, kasallanganlar xorijga chiqqani yoki virusga qarshi emlangani borasida ma'lumot berilmagan.

“Fuqarolarimiz ehtiyot choralariga amal qilishni davom ettirishi zarur”, deb ta'kidlab o‘tgan vazir.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada oxirgi sutkada 19 mingdan ko‘proq kishida koronavirus aniqlangan, 191 kishi undan vafot etgan. Mamlakatda pandemiya boshidan beri virus bilan kasallanganlar soni 9 mlndan oshib ketgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid