Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada yangi bosh vazir saylandi
Bolgariyada 14 noyabrda o‘tgan muddatdan oldin parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “O‘zgarishlarni davom ettiramiz” koalitsiyasi yetakchilaridan biri, 41 yoshli Kiril Petkov mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodini parlamentdagi ovoz berishda 134 deputat qo‘llab-quvvatladi, 104 deputat qarshi chiqdi.
Parlament Petkovni yangi bosh vazir etib saylagandan keyin u taklif qilgan hukumat tarkibini ham qo‘llab-quvvatlagan. Hukumatda 10ta vazirlik lavozimini “O‘zgarishlarni davom ettiramiz” koalitsiyasi, 4ta lavozimni Bolgariya sotsialistik partiyasi va “Shunday xalq bor” partiyasi, yana 3ta lavozimni “Demokratik Bolgariya” koalitsiyasi vakillari egallaydi.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
10:08 / 01.01.2025