Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi YPX maskanida 21 ming dona pirotexnika vositalari olib ketayotgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan YPX maskanida 21 ming dona pirotexnika vositalari olib ketayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat reyd tadbirlari davomida “Mingchinor” YPX maskanida fuqaro S.I.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli mashina shubha uyg‘otgan.
Mashina to‘xtatib tekshirilgan vaqtda uning salonida 350 qutida 21000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan. Mazkur pirotexnika vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan va Kitob tumani IIBga topshirilgan.
Hozirda holat yuzasidan Kitob tumani IIB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025