Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi Olimpiada ishtirokchilari mamlakatda taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi
Xitoy hududida Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp va Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar hamda Google qidiruv tizimi taqiqlangan.
Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari Xitoyda taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«Tashkilotchi shahar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiq, Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi olimpiya obektlaridagi ishtirokchilarga ochiq internet-servisni taqdim etadi», — deb ma’lum qildi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi.
Olimpiya qishloqlari, musobaqalar o‘tkaziladigan joylar, mehmonxonalar Wi-Fi taqdim etiladigan ana shunday obektlar sirasiga kiradi.
Xitoy hududida Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp va Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar hamda Google qidiruv tizimi taqiqlangan.
Qayd etilishicha, «Pekin va Chjanszyakou hududida tashkiliy qo‘mita taqdim etgan sim-kartalar yordamida ochiq internet-servislardan foydalanish mumkin».
Olimpiada o‘yinlari 2022 yil 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
11:29 / 05.05.2025
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024