Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
49 yoshli nemis sportchisi sakkizinchi marta Olimpiadada ishtirok etadi
Germaniyalik ayol konkichi Klaudia Pexshtayn Pekinda o‘tadigan 2022 yilgi qishki Olimpiadaga saralandi. Xitoy poytaxtidagi O‘yinlar 49 yoshli sportchi uchun faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada bo‘ladi.
Olimpiada o‘tkazilishi vaqtida Pexshtayn 50 yoshga to‘lgan bo‘ladi.
U jahon kubogining Kalgarida o‘tgan bosqichida ommaviy start yo‘nalishida 11-o‘rinni egalladi. Bu esa unga jahon reytingida 17-o‘rinni egallash va Pekin Olimpiadasiga borish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishga imkon berdi.
Pexshtayn 5 karra Olimpiya chempioni, 5 karra jahon chempioni hisoblanadi. U qatorasiga 11 yil (1996–2006) davomida klassik ko‘pkurashda jahon chempionatlari sovrindori bo‘lib kelgan. Bundan tashqari, u qishki Olimpiadalarda 5ta oltin medalni qo‘lga kiritgan germaniyalik yagona ayol sportchi hisoblanadi.
Ayni vaqtda uning faoliyatida 7 ta qishki Olimpiadadagi ishtirok bor bo‘lib, bu borada u ayollar o‘rtasida rekordchi hisoblanadi. Ta’kidlab o‘tish joiz, sportchi 2010 yilgi Vankuver Olimpiadasini diskvalifikatsiyasi sababli o‘tkazib yuborgan.
Hamyurtimiz, 46 yoshli Oksana Chusovitina ham Olimpiadalardagi ishtirok borasida o‘ziga xos rekordga ega. U 8ta yozgi Olimpiadada (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020 yillar) ishtirok etgan yagona ayol gimnastikachi hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
11:29 / 05.05.2025
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024