Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida qalbaki pullar muomalaga kiritilgani aniqlandi
Toshkent shahrida soxta yevrotangalar va Qashqadaryo viloyatida soxta 100 ming so‘mlik banknotlar muomalaga kiritilgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda bank muassasasiga qarashli “Markaz” nomli valuta ayirboshlash shoxobchasiga 2 yevro nominalidagi 2 470 dona jami 4 940 yevro miqdoridagi qalbaki tangalar qabul qilingani aniqlangan.
Bu yerda amaliyot boshqarmasining kassa amaliyotlari va naqd pul muomalasi bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu valutalar tekshirilmasdan qabul qilingan. Oqibatda bank manfaatlariga 59,3 million so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, “M.” MChJ mol bozorida 2 bosh qo‘yini sotgan fuqaroga notanish shaxslar 2,1 million so‘m berib ketgan. Tekshiruv davomida pullardan 100 ming so‘mlik banknotdan 20 donasi qalbaki ekani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025