O‘zbekiston | 20:32 / 17.12.2021
4669
1 daqiqa o‘qiladi

Xuddi ertaklardagidek: Marhamatda o‘ziga xos uslubda bunyod etilgan kutubxona ishga tushdi

Yodingizda bo‘lsa, bundan besh oy oldin Marhamat tumanida xuddi ertaklardagidek o‘zgacha ko‘rinish va sharoitlarga ega kutubxona qurilishi yakunlanayotgani haqida ma’lumot bergan edik.

Ayni paytda mazkur tadbirkor Qobiljon Obidov tomonidan qurilgan mazkur kutubxona ishga tushib, yosh o‘quvchilarning sevimli maskaniga aylangan. Kutubxona bo‘limlarida jahon adabiyoti durdonalari, atoqli o‘zbek yozuvchi, shoir va olimlarining asarlari mo‘lligini ko‘rib marhamatlik kitobxonlarga havasimiz keldi.

Kutubxonaga kelganlar 100 ming bosma va 300 ming elektron nashrni o‘qish imkoniyatiga ega. Kitoblar olamiga kuniga 150 nafardan ziyod yoshlar tashrif buyurmoqda.

Qani edi yurtimizning har bir tumani va shahrida mana shunday kutubxonalar bo‘lsa...

Mavzuga oid