Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng badavlat arab milliarderlaridan biri vafot etdi
Futtaym 1992 yilda Majid Al Futtaim Holding (MAF) chakana savdo va ko‘ngilochar maskanlar holdingiga asos solgan. Holding 13 mehmonxona va 29 savdo markaziga egalik qiladi.
BAAning eng badavlat biznesmenlaridan biri Majid Al Futtaym vafot etdi. Bu haqda BAA bosh vaziri Muhammad ibn Rashid Ol Maqtum ma’lum qildi.
Futtaymning o‘limi sababi va yoshi ma’lum qilinmayapti, deb yozadi Forbes USA.
Futtaym 1992 yilda Majid Al Futtaim Holding (MAF) chakana savdo va ko‘ngilochar maskanlar holdingiga asos solgan. Holding 13 mehmonxona va 29 savdo markazi, xususan, Dubaydagi Mall of the Emirates va Qohiradagi Mall of Egypt savdo markazlariga egalik qiladi.
Forbes USA ma’lumotlariga ko‘ra, Majid Al Futtaym 2021 yilda dunyodagi eng boy arab milliarderlari ro‘yxatida yuqori uchtalikka kirgan. Uning oilasi boyligi 4,3 mlrd dollar deb baholangan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025