Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda favqulodda holat e’lon qilindi
London meri Sodiq Xonning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya poytaxtida «koronavirus yuqtirganlarning shifoxonaga yotqizilishi holatlari soni o‘smoqda».
Foto: AP
London meri Sodiq Xon «omikron» shtammini yuqtirish holatlari o‘sib borayotgani sababli favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
«Mutaxassislar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng shaharda favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildim», — dedi Xon.
Uning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya poytaxtida «koronavirus yuqtirganlarning shifoxonaga yotqizilishi holatlari soni o‘smoqda».
Shu bilan birga, Londondagi Parlament maydonida koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyish qatnashchilari vaksinatsiya pasportlari va jamoat joylarida niqob taqish majburiyati bekor qilinishini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025