Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yangi iPhone ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Qayd etilishicha, yangi iPhone SE smartfonining asosiy xususiyati – 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashida.
Apple kompaniyasi yaqin vaqt ichida uchinchi avlod iPhone SE smartfonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar berdi ITHome.
Nashr manbalarining ma’lumot berishicha, uchinchi avlod iPhone SE 4,7 dyuymli IPS-displey va Touch ID tugmasiga ega bo‘ladi.
Qurilmaning tezkor xotirasi 3 gigabaytni tashkil etadi. Smartfon 12 megapikselli kamera bilan jihozlanadi.
Qayd etilishicha, yangi iPhone SE smartfonining asosiy xususiyati – 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashida. Tahlilchilar uning narxi o‘zgarmasligini aytishmoqda. Smartfonning avvalgi versiyasi narxi 400 dollardan boshlanadi.
Smartfon 2022 yilning birinchi yarmida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025