Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada «yengil lokdaun» joriy etiladi
Qayd etilishicha, yangi choralar emlangan va emlanishni rad etgan barchaga taalluqli bo‘ladi. Bir joyda o‘ndan ortiq odamlarning guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlanadi. Barcha klublar va raqs maydonchalari yopiladi.
Germaniya hukumati «omikron» shtammi tarqalishi fonida 28 dekabrdan cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Bild.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat kansleri Olaf Shols bu masala bo‘yicha hududiy ma’muriyatlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Agar cheklovlar joriy etilsa, bu mamlakatdagi uchinchi «yengil lokdaun» bo‘ladi.
Qayd etilishicha, yangi choralar emlangan va emlanishni rad etgan barchaga taalluqli bo‘ladi. Bir joyda o‘ndan ortiq odamlarning guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlanadi. Barcha klublar va raqs maydonchalari yopiladi.
Avvalroq Bloomberg agentligi Yevropa mamlakatlari «omikron» shtammi tarqalishiga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha cheklovlar kiritishi haqida xabar qilgandi. Jumladan, Niderlandiyada maktablar, do‘konlar, restoran va jamoat joylari yopiladi, Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlar to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025