Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Omikron bilan bog‘liq xabarlar ortidan neft narxi pasaydi
Bozor tahlilchilari omikron shtammi sababli yangi cheklov choralari joriy etilishi odamlarning harakatlanish erkinligini cheklaydi va mos ravishda aviatsiya hamda avtomobil yonilg‘isiga bo‘lgan talab pasayishiga olib keladi degan fikrda.
Omikron shtammi tarqalishi sharoitida talab pasayishi xavfi tufayli jahon bozorida neft narxi arzonlashdi.
London birjasida Brent rusumidagi neftning fevral uchun fyuchers narxi 2,61 dollarga (3,55 foiz) pasayib, bir barreli uchun 70,91 dollar taklif etildi.
Nyu-York birjasida WTI rusumidagi neftning yanvar uchun narxi 2,97 dollarga – 67,89 dollargacha arzonlashdi.
Koronavirusning omikron shtammi ko‘plab mamlakatlarda shitob bilan tarqalishi navbatdagi cheklov choralari joriy etilishiga olib keladi, deb yozadi Interfaks. Bozor tahlilchilari bu odamlarning harakatlanish erkinligini cheklaydi va mos ravishda aviatsiya hamda avtomobil yonilg‘isiga bo‘lgan talab pasayishiga olib keladi degan fikrda.
Bugunga qadar “omikron” shtammi 89 davlat hududida qayd etildi.
Mavzuga oid
11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda
22:01 / 05.05.2025
Saudiya Arabistoni iyun oyida Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshiradi
11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
10:05 / 11.04.2025